Песня Qishloqdagi qiz в исполнении Мухриддин Холиков (Muhriddin Holiqov) - слушать онлайн в хорошем качестве или скачать трек в Mp3 бесплатно на ПК или телефон.
Текст песни Мухриддин Холиков (Muhriddin Holiqov) - Qishloqdagi qiz
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi
Qaramasa uylariga tunda borib
Toshlar otib qochar edim, yarashardi
Sahargacha atrofida aylanishib
Dilxun uyga qaytar edim, bilishardi
Kimni kutib turibdi bu yigitcha deb
Devor osha moralashib kulishardi
Bugun esa boz yigitman, bozlaganim
Bolaligim olislarda qolib ketdi
Bir qishloq qiz orasida tanlaganim
Barmogiga tilla uzuk taqib ketdi
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi
Qaramasa uylariga tunda borib
Toshlar otib qochar edim, yarashardi
Qizlar endi devor osha moralashib
Kimni kutib turibsiz, deb sorashmaydi
Ketolmayman, bir hovliga o'ralashib
Toshlar otib qochay desam yarashmaydi
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi
Qaramasa uylariga tunda borib
Toshlar otib qochar edim, yarashardi
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi
Qaramasa uylariga tunda borib
Toshlar otib qochar edim, yarashardi