Bitta so’z bilan insonni yo’qotish mumkin
Bitta so’z bilan yurakka yo’l topish mumkin
Ba’zan
Bitta so’z bilan yurakka o’q otish mumkin
Bekorga So’zlama ko’p, bekorga otishma ko’p
Bitta so’z bilan, insonni sindirish mumkin
Yoki o’ziga bo’gan ishonch singdirish mumkin
Bitta so’z bilan g’azab otiga mindirish mumkin
Yoki dengiz to’lqinlaridek g’azabni tindirish mumkin
Bitta so’z bilan insonni qutqarish mumkin
Yoki dunyoni ostin-ustun to’ntarish mumkin
Bitta so’z bilan tugagagan kayfiyatni ko’tarish mumkin
Bitta so’z bilan sevib qolib, birga qarish mumkin
Bitta so’z bilan insonla yosharish mumkin
Yoki bitta so’z bilan harorat oshirish mumkin
Bitta so’z bilan kulgan ko’zlarni yosh qilish mumkin
O’ylab gapir!
Bitta so’z bilan, dunyoni boshqarish mumkin!
Bitta so’z bilan bir umr pushaymon bo’lish mumkin
Bitta so’z bilan odam hayvon bo’lish mumkin
Bitta so’z bilan xonavayron bo’lish mumkin!
Bitta so’z qilgan ishlarga bir umr hayron bo’lish mumkin
Bitta so’z bilan Harobalarni Qasr qilish mumkin
Bitta so’z bilan millionlarga ta’sir qilish mumkin
Bitta so’zing uchun millionlar ta’zim qilishi mumkin
Bitta so’zni ba’zan butun umr hazm qilish mushkul
Bitta so’zing ba’zan hazil, ba’zida bo’lar hanjar
Bitta so’zing g’animat, aytmolmaganlar qancha
Yetolmaganlar qancha, bitta so’zni aytguncha
Bitta so’z, butun olam, u sen uchun qanday tushuncha?
Unutdingmi deyman
Har bir so’zing g’animat
Bo’lar bo’masga gapirma
Kim uchundir “gapira olish” bir ne’mat
Bitta so’z yaxshi insondan yomongacha
Bitta so’z bedor qilar ekan tonggacha
Bitta so’z Farishtadan - Shaytongacha
Bitta so’z Eng pastdan - osmongacha
Bitta so’z chin haqiqatdan yolg’ongacha
Bitta so’z chin muhabbatdan armongacha
Bitta so’z boshdagi musidatdan arqongacha
Bitta so’z singandan baxtli insongacha.