Ba'zan qo'rqaman,
kimligim unutganda,
Qo'rqaman uyg'onmaslikdan,
g'aflatda tun o'tkanda.
Men ahmoq qo'rqmiman,
ba'zan vijdon uyg'onmasa,
Qo'rqaman, internetim
yo'qolsa, telefon yonmasa.
Yolg'izlikdan qo'rqaman,
shyotim minusda bo'ganda,
O'limdan, chunki yomon yo'lda
men usta bo'gandim!
Qo'rqaman, shyot bosayu, telni
hech kim ko'tarmasa,
Men trek chiqarmasam, sen
eslab o'tarmisan?
Narxlar bilan oshadi,
tashvishlarim betda,
Kerakmas Motsart,
qadrsiz musiqa kashvishlarim.
Qo'rqaman, musiqam bilan oilam eplolmaslikdan,
Xuddi sen qo'rqqaning kabi trekni bepul olmaslikdan!
Qo'rqaman, bu bozorda vijdonni
yo'qotishdan,
Qo'rqaman, manaviy tarafdan oqsash yoki qotishdan!
Ko'ngilsiz ablax bo'lmay zabt etilarmi cho'qqilar,
Qanday qilib ham vijdonni ham oilamni to'q qilay?
Ko’rdim ko’p joylarni, dengizu-sohil
Har xil odamlarni Zuxro-yu Toxir
Nasib qildi o’qish, ish, dam olish
Nasib etdimikan odam bo’lish
Bo’ldim uzoqda, bo’ldim musofir
O’zlashtirdim oson, har bitta soha
Xoxlagan kasbga, diplom ham olish
Hammasidan qiyin ekan do’stim odam bo’lish.
Yolg'izman, lekin necha bor to'ldirdim-ku zallar,
Yolg'izman, lekin fan clubimni to'ldirdi go'zallar.
50000 do'st instagramda lek yolg'izman siqilganda,
Va yaxshiyam yolg'izman yiqilganda!
Qanday omon qolish mumkin dil bilan tilni bir qilib?
Ko'rdim farishtalarni iblis bo'ldi qanotlari qirqilib,
Qanchalar qiyin yaqinlarga doim yaqin bo'lish,
Yo'qolmasdan, oilang bilan xudo bergan haqqin bo'lish!
Qo'rqaman, men ishonchni oqlamadim rasman,
Axir baksyor, diplomat yurist, bankirmasman.
Har doim Urindim, ayamni qilish uchun "Happy",
Va baxtli bo’ldim g’urur bilan deganlarida o'g'lim "rapper".
Bu safaram aytolmadim engmuhimin,
Konsta repper bu - bir odammas,
Bu ancha keng, bu hamma
Bu trekni oldin ham aytgandim, bugun ham aytaman.
Bu mavzu hech qachon tugamas
Ko’rdim ko’p joylarni, dengizu-sohil
Har xil odamlarni Zuxro-yu Toxir
Nasib qildi o’qish, ish, dam olish
Nasib etdimikan odam bo’lish
Bo’ldim uzoqda, bo’ldim musofir
O’zlashtirdim oson, har bitta soha
Xoxlagan kasbga, diplom ham olish
Hammasidan qiyin ekan do’stim odam bo’lish.