Yolg'iz kezaman bu cho'lda
Osmondan ko'rinmaydi yulduzlar
Bu kecha butun dunyo bo'lar qo'lda
Lekin meni o'ldiradi kunduzlar
Betda kunduzlari juda ham issiq
Ammo kelganida tun muzlar
Kechasi betda juda ham mazza
Lekin nega o'ldiradi kunduzlar
Men bilaman yo'lni, Uzoqdan nimadir o'xshar mexmonaga
Kechgacha yetvolaman yoniga
Xoldan toyib kelib, o'zimni otsam ostonaga
Bu ko'zga ko'ringan, yolg'on ekan
Shu ahvol betta takrorlanadi har kuni
Meni tark etdi hamma, tark etganda fortuna
Nimadir bor senda, ha deb cho'zma chiqar shuni
Shundan boshlash kerak edi mavzuni
Men kirgandim bir marttaga, tezda qaytaman deb
Bilaman yo'lni, tez qaytaman, ko'p o'tirmiman deb
Endi har kun kechqurun o'zimga aytaman eyyy
Agar qayta olsam, qaytib boshqa kirmiman deb
Bu yer cho'l ekanligini qaytanam bilay
Axir menga va'da qilishgan ediku bog'lar
Ertaga yana tong otadi, yana qaytadan o'laymi?
Lekin nima qilolaman, nimadir qo'limni bog'lar
Meni bulutlar quchog'lar
Ona qarang, odamlar ucha olar
Har kun takrorlanar holat
Yordam, yordam, yordam,
Ichimdan tovushsiz nola
Meni qutqar (3x)
Bo'lmasa bu bir umrga qolar
Osmondagi oyim
O'zing menga yo'lni ko'rsat
Axir bor dunyoda joyim
O'lsam kimdir bo'larmi hursand?
Osmondagi oyim
Men bu yerdan keta olmayman bir o'zim
Osmondagi oyim
Meni yo qutqarasan, yo o'ldirasan
Zulmatdaman, yo'llarim yorit
O'zing ishonganim o'zing borim
Ko'zlarim ko'rmas, atrof qop qora,
Lekin qiynalsam ham berma dori
Zulmatdaman, yo'llarim yorit
O'zing ishonganim o'zing borim
Ko'zlarim ko'rmas, atrof qop qora,
Lekin qiynalsam ham berma dori