Hayotda oz yashab, ko'p azob ko'rdim
Gohida yiqildim, gohida turdim
Sevgidanam do'stdanam, bir marakay kuydim
Dedingiz jon bolam saqlamadimda g'am
Mehrni narxi yo'q do'stlarning soni
Minnatli bo'larkan o'zganing noni
Lekin ota-onangga kelmaskan maloli
Bo'zlab qolma yo'qotgach hidlab ro'moli
Mehribonim onam
Beozorim onam
Beg'uborim onam
Onajonim onam
Mehribonim onam
Beozorim onam
Beg'uborim onam
Onajonim onam!
Nomarddan ulfat qilib
Boshimga kulfat qilib
Davlat ketganda oldim
Kimga kimligin bilib
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar
Andishasiz yurganda ortimdan g'iybat qilib
Nomarddan ulfat qilib
Boshimga kulfat qilib
Davlat ketganda oldim
Kimga kimligin bilib
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar
Andishasiz yurganda ortimdan g'iybat qilib
Boshim toshga tekkanda
Chekkanimda nadomat
Tangridan erta-yu kech
So'ragan menga omad
Onam
Duolaringiz sabab
Omad quchog'in ochib
Davr-u davronim keldi, yo'qchiliklarim qochib
Aslida siz ekansiz mening baxt-u omadim
Quyoshdek porlab turing
Boshimdan nurlar sochib
Onam onam onam
Mehribonim onam
Beozorim onam
Beg'uborim onam
Mehribonim onam
Beozorim onam
Beg'uborim onam
Onajonim onam
Ichim to'lib aytdimda gapning xonasi
Bunchalaram mo'rt bo'lar odam bolasi
Eng vaxshiy inson ham dod faryod qilib
Yig'larkan hayotdan o'tsa onasi
Mehrning narxi yo'q do'stlarning soni
Minnatli bo'larkan o'zganing noni
Lekin ota-onangga kelmaskan maloli
Bu dunyoda jannatim omon bo'lsin joni!