(Sharq boshini egdi g'arbga, ochildi son siynasi)
(Osiy sifat bo'ldi mo'min, qotdi mehru-diydasi)
(Har bilakdan topdi tomir, nafsning to'ntoq ignasi)
(Dunyo seni chorlamoqda, kelmaysanmi qiyomat)
Ajib zamon, jufti erni turar turtib, sensirab
Oqshomlari er yumushda, jufti yurar tentirab
Berar pardoz orsiz yuzga eri bor ham ersirab
Dunyo seni chorlamoqda, kelmaysanmi qiyomat?
Sinib ketgan erning ori qolgan nomi, savlati
Tugab bitdi vijdon, iymon, g'urur otlik davlati
Keldi ro'zg'or boshilikka aksar ayol navbati
Dunyo seni chorlamoqda, kelmaysanmi qiyomat?
Qaynotasi keliniga izhor aytar panalab
Qaynonasin qariligin, yoqmasligin ta'nalab
Kelin tinglar izhor yoqib, keyin yana-yanalab
Dunyo seni chorlamoqda, kelmaysanmi qiyomat?
Hijob, islom bo'ldi niqob, otilmoqda go'daklar
Yolg'on va'da, yolg'on davo, sotilmoqda go'daklar
Uchib shonga, qo'llar qonga botilmoqda go'daklar
Dunyo seni chorlamoqda, kelmaysanmi qiyomat?
Bosh yo'liga yurmas oylab, kulib turib ko'zlar aldar
Har gapiga haqni qo'shib zabon aldar, so'zlar aldar
Shayton mindi yelkalarga, ey voh, o'zni o'zi aldar