Песня Sensiz в исполнении Benom Guruhi - слушать онлайн в хорошем качестве или скачать трек в Mp3 бесплатно на ПК или телефон.
4:19 MP3, 4.2MB, 128kb/s
Текст песни Benom Guruhi - Sensiz
Bugun men yana keldim,
Senga uzoqdan termulib turibman.
Yoninga borgim kelyabti,
Yana õsha baxtli damlarimizga qaytgim kelyabti.
Afsus, bunga endi men haqsizman,
Chunki endi biz begonamiz.
Shoshilib-shoshilib yurak sening tomon,
G'ururimni sindirdi butkul.
Soğinib-soğinib sen ham meni bir bor,
Yana yonimga qaytsang bir kun.
Qaniydi qora kõzlaringga yana takror,
Tõyib-tõyib qarolsam tinmay.
Qaniydi unutib, mendan kechgan kuning,
Yana yoningga qaytsam bir kun,
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning,
Yana yoninga qaytsam bir kun.
Qorong'u, yolg'iz dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon osonmas.
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz,
Yuragim kõnmas, yurak ishonmas.
Ojizman, seni unjtish qõlimdan kelmadi,
Kõp urundim, negadur hamma urunishlarim,
Seni sog'inish bilan yakunlanaverardi,
Bilasanmi xozir qanchalar xohlayabman seni qaytarishni,
Sen esa balki meni unutib bõlgandursan,
Axir ayrilganimizga yillar bõldi,
Shu õrinda senga bir gapni aytgim keladi,
Sensizlik osonmas ekan!
Kõmilib-kõmilib yurak dardga yana,
Qayg'ulardan ovunar tinmay.
Umidlarim sõngan sevgidan,
Afsun bõlib, yashayabman armonga kõnmay.
Bilmadim bu yuraksiz taqdir,
Seni mendan nega uzoqlarga olib ketar.
Yaqinda xis etgan baxtli kunlar õrniga,
Xotiralarni solib ketar.
Qorong'u, yolg'iz dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon osonmas.
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz,
Yuragim kõnmas, yurak ishonmas.
Qorong'u, yolg'iz dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon osonmas.
Qanday ayt endi yasharman yolg'iz,
Yuragim kõnmas, yurak ishonmas.