Nimasi ham qoladi bu dunyoni
Nega biz intilamiz qolishga
Tun-u kun mol dunyo uchun yonib
Yana kim qo'yipti bizga nolishga
Oilamdan boshqa kimga ham kerakman
O'zi bundan ko'prog'i nimaga kerak
Bu ojiz yurakni urganiga raxmat
Kerak bo'lsa uni ham beray?
Bir daqiqa o'ylab ko'rsam hech narsam yo'q
O'zim ham hech kimman, bir kichkina odamcha
Faqat Oilam, Faqatgina ularga qasamyod
Faqat ular uchun tinmay, Tundan tong otgancha
Qolgan barchasi o'tkinchi, qolgan barchasi bu shum
Bir tiyin barcha bu yillar, bir tiyin barcha tushum
Agar hech kim kelgunimcha sog'inmasa kulishim
Bir tiyin bu dunyo uchun egilib bukilishim
Nimasi ham qoladi bu dunyoni
Nega biz intilamiz qolishga
Tun-u kun mol dunyo uchun yonib
Yana kim qo'yipti bizga nolishga
Oilamdan boshqa kimga ham kerakman
O'zi bundan ko'prog'i nimaga kerak
Bu ojiz yurakni urganiga raxmat
Kerak bo'lsa uni ham beray?
Men yozishim mumkin ming xil mavzuda, Sevgi, Dunyo, Pul, Vatan
Dunyoni qarsak choldira olaman, shu kichkina kulbadan
Kuylarim unga yetganini aytdi necha bora xar xil Gulbadan
Lekin bundan qiyin, ikki og'iz so'z ochmoq oiladan
Lekin rostdan, Kim ham qoladi bir yil chiqarmasam ashula
O'chadi barcha shula, Unutiladi barcha men ko'targan mavzular
Unutiladi barcha qo'shiq, barcha baxtli konsertlarga qo'shib
Faqatgina oilam kutadi o'sha kichkina ko'rpachamni to'shab
Bo'ldim farzand, Bo'ldim uka va bo'ldim do'st
Bo'ldim shogird va bo'ldim ustoz, yashadim juda soz
Sevdim va Sevildim, Ishondim va ba'zan qildim xato
Ba'zan yaxshi ba'zan yomon, bo'ldim yulduz, balki bo'ldim inson
Bo'ldim umr yo'ldosh, kichkina oilamga bosh, sirdosh
Ota bo'lgim kelar, agar bo'lsamchi yosh
Bularni hammasiga loyiqmanmi o'zi a?
Bundan ortiq yana nimayam bo'sin
Nimasi ham qoladi bu dunyoni
Nega biz intilamiz qolishga
Tun-u kun mol dunyo uchun yonib
Yana kim qo'yipti bizga nolishga
Oilamdan boshqa kimga ham kerakman
O'zi bundan ko'prog'i nimaga kerak
Bu ojiz yurakni urganiga raxmat
Kerak bo'lsa uni ham beray?